Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Ukrainaga tashrif buyurdi

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Ukrainaga tashrif buyurdi

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Stefan Sejurne Kiyevga tashrif bilan keldi.

“Stefan Sejurne Fransiya diplomatik faoliyatini davom ettirish va mamlakatning o‘z ittifoqchilari, shuningdek, tinch aholiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlash maqsadida Kiyevga ilk safarini amalga oshirdi”, — deyiladi X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan Fransiya TIV bayonotida.

O‘z navbatida, Fransiya tashqi ishlar vaziri Parij uzoq muddat Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

“Deyarli 2 yil davomida Ukraina o‘z suverenitetini himoya qilib, Yevropa xavfsizligini ta’minlashda oldingi safda bo‘ldi. Fransiyaning yordami uzoq muddatlidir. Kiyevga birinchi safarim davomida shu maqsad bilan kelganman”, — deb yozadi Sejurne ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Kiyevga tashrif buyurgan edi.

Kiritildi: 22:58 13.01.2024. O'qildi: 1543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!