Fransiya tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna France Inter radiostansiyasi efirida Belarusni yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi.
“Katta yettilik yetakchilarining bugun tushdan keyin bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida katta ehtimol bilan Belarus masalasi ko‘rib chiqiladi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.
Uning ta’kidlashicha, Belarus tomoni allaqachon Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida.
"Belarusga Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan harbiy harakatlariga har qanday qo‘shimcha yordam qo‘shimcha sanksiyalarga olib kelishi haqida ogohlantirish bilan murojaat qilish kerak", dedi vazir.