U endi prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkin
Parij apellyasiya sudi "Milliy birlashuv" partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yetakchisi Marin Le Penning saylovlarda ishtirok etishini taqiqlash muddatini qisqartirdi.
Biroq Yevroparlament mablag‘larini maqsadsiz sarflash bo‘yicha jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan ayblov hukmi o‘z kuchida qoldirildi. Ushbu ish bo‘yicha 2024 yilda Le Penga uch yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi (shundan ikki yili elektron braslet taqish majburiyati bilan shartli ravishda) tayinlangan edi.
Shu tariqa, siyosatchi saylovlarda ishtirok etishi mumkin, ammo kampaniya vaqtida elektron braslet taqib yurishi kerak bo‘ladi.
Avvalroq Le Pen kampaniyani elektron braslet bilan olib borishni istamasligini aytgan edi. U o‘z qarorini o‘zgartirgan-o‘zgartirmagani 7 iyul kuni kechqurun ma’lum bo‘ladi. Le Pen mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dagi teleneoliklarda saylovda nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligini e’lon qilishga va’da bergan.
Le Pen va uning safdoshlari Yevroparlament deputatlari yordamchilarining mehnatiga haq to‘lash uchun ajratilgan pullarni "Milliy birlashuv" xodimlarining ish haqiga sarflaganlikda ayblangan edi. Sud 2024 yilda ayblanuvchilarning xatti-harakatlaridan ko‘rilgan zararni 2,9 million yevro deb baholagan.