Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fransiya parlamenti mamlakatning NATO'dan chiqishi masalasini ko‘rib chiqadi

Fransiya parlamenti mamlakatning NATO'dan chiqishi masalasini ko‘rib chiqadi

Fransiya Milliy Assambleyasi (parlamenti) vise-raisi Klemans Gete mamlakatning NATO a’zoligidan chiqishi to‘g‘risidagi rezolyusiyani ovozga qo‘yish niyatida ekanini ma’lum qildi.

"Fransiyaning AQSh boshchiligidagi va unga xizmat qiluvchi harbiy alyans - NATO faoliyatida ishtirok etishi masalasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi. Men Fransiyani Shimoliy Atlantika alyansidan chiqishga chaqiruvchi rezolyusiyani ko‘rib chiqish uchun taklif kiritmoqdaman, bu birlashgan qo‘mondonlikdan boshlanadi", — deb yozdi Gete X ijtimoiy tarmog‘ida.

Siyosatchi Tramp ma’muriyatining so‘nggi geosiyosiy tashabbuslari o‘zini bunday harakatni amalga oshirishga undaganini bildirdi.

"Amerikalik harbiylarning Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni o‘g‘irlab ketishi, Vashingtonning Falastindagi genosidga ko‘rsatayotgan harbiy yordami va prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani harbiy yo‘l bilan anneksiya qilish bilan tahdid qilayotgani bunga misol bo‘ladi", — dedi Klemans Gete.

Kiritildi: 17:14 10.01.2026. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!