Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fransiya parlamenti deputati AQShni XIX asrda Parij tomonidan sovg‘a qilingan Ozodlik haykalini qaytarishga chaqirdi – France 24

Fransiya parlamenti deputati AQShni XIX asrda Parij tomonidan sovg‘a qilingan Ozodlik haykalini qaytarishga chaqirdi – France 24

"Biz zolimlar tomonida turishga qaror qilgan amerikaliklarga, ilmiy erkinlik talabi uchun tadqiqotchilarni ishdan bo‘shatgan amerikaliklarga: "Ozodlik haykalini bizga qaytaring", deymiz. Biz uni sizga sovg‘a qildik, lekin siz undan nafratlanayotgan ko‘rinasiz. Shuning uchun u bu yerda, o‘z uyida, xavfsiz joyda bo‘ladi", – deya ta’kidladi so‘l markazchi siyosatchi Rafael Glyuksman.

Glyuksman Trampni Ukraina va boshqa masalalar bo‘yicha siyosati uchun u tanqid qilgan.

Ozodlik haykali 1886 yilda AQSh Mustaqillik Deklarasiyasining yuz yilligi sharafiga Nyu-York shahrida fransuz xalqining amerikaliklarga sovg‘asi sifatida taqdim etilgan. Ozodlik haykali fransiyalik Ogyust Bartoldi tomonidan tomonidan yasalgan.

Kiritildi: 23:06 17.03.2025. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!