Fransiya sudi Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni bekor qildi. Ammo sudyalar qaroriga ko‘ra, yangi order olinishiga ruxsat berilishi mumkin.
Fransiyada eng yuqori turuvchi kassasiya sudi Bashar Asadni harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgar deb hisoblab, u prezidentlik qilgan vaqtidayoq jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak deb qaror qilgan edi.
Kassasiya sudi raisi Kristof Sular ta’kidlaganidek, Bashar Asad endi prezident emasligi sababli unga qarshi tergov davom etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, sobiq davlat rahbari o‘tgan yilning dekabr oyida sodir etilgan to‘ntarish natijasida hokimiyatdan ag‘darilgan va Rossiyadan siyosiy boshpana so‘rab, Moskvaga qochib ketgan edi.