Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fransiya Milliy majlisi Golodomorni genosid deb tan oldi

A A A
Fransiya Milliy majlisi Golodomorni genosid deb tan oldi

Fransiya Milliy majlisi deputatlari mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan Golodomorni Ukraina xalqining genosidi deb tan olish to‘g‘risidagi rezolyusiya uchun ovoz berdi. Bu haqda 28 mart, seshanba kuni Fransiya parlamenti quyi palatasi saytida ma’lum qilindi. 168 deputat bu qarorni ma’qullab, faqat ikkitasi qarshi ovoz berdi.

Hujjat matnida ta’kidlanganidek, 1930-yillarning boshlarida SSSRning bir qator qishloq xo‘jaligi rayonlarida boshlangan sun’iy sabablarga ko‘ra ocharchilik Ukrainada alohida miqyosga ega bo‘ldi: «jitnisa» «qon to‘kilgan yerga» aylandi.

«Fransiyaning totalitar Rossiyaning o‘tmishdagi va hozirgi jinoyatlarini fosh etish, haqiqat, adolat va demak, mas’uliyatni o‘rnatishga qo‘shgan katta hissasi uchun minnatdorman. Rahmat, Fransiya», - deya izoh berdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Fransiya Milliy majlisining qaroriga.

Avvalroq, 2022 yil 30 noyabrda Bundestag ham Golodomorni Ukraina xalqining genosidi sifatida tan olgan edi.

Kiritildi: 13:12 29.03.2023. O'qildi: 1718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!