Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Fransiya maktabida pichoqli hujum, qurbon bor

Fransiya maktabida pichoqli hujum, qurbon bor

Fransiyaning Nant shahridagi maktabda pichoq bilan hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi yaralandi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Payshanba kuni Fransiyaning g‘arbida joylashgan Nant shahridagi maktabda yuqori sinf o‘quvchisi pichoq bilan hujum qilib, kamida to‘rt kishini yaraladi. Bu haqda mahalliy OAV polisiyaga tayanib xabar bergan.

BFMTV telekanali bir nechta manbalarga tayanib xabar berishicha, yaralanganlardan biri vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘qituvchilar polisiya kelgungacha hujum qilgan o‘quvchini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Hodisa joyiga yetib kelgan Fransiya Ichki ishlar vaziri Bryuno Retayo bu ishni taxminan 50 nafar tergovchi ko‘rib chiqayotganini va ular tinmay ish olib borayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 70 nafardan ortiq shaxs so‘roq qilingan.

Fransiya Bosh vaziri Fransua Bayru hujumdan so‘ng maktablarda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

Nant shahar prokurori shanba kuni matbuot anjumani o‘tkazib, hodisa haqida batafsil ma’lumot berishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 01:48. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!