Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Fransiya Isroilning zarbalaridan «g‘azablandi»

Fransiya Isroilning zarbalaridan «g‘azablandi»

Fransiya Isroilning so‘nggi ikki kun ichida falastinlik qochqinlarni nishonga olgan qator havo hujumlaridan «g‘azab»ini bildirdi. Yevropa davlati Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, Isroil kuchlari BMT tomonidan boshqariladigan maktab va hozirda qochqinlar joylashgan Al-Mag‘ozi qochqinlar lagerini nishonga olgan.

«Fransiya Isroilning 14 va 15 iyul kunlari UNRWA maktabi va qochqinlar boshpana topgan Al-Mag‘ozi qochqinlar lageriga uyushtirgan zarbalaridan g‘azabda. Qariyb yuz kishining o‘limiga sabab bo‘lgan bu so‘nggi zarbalar G‘azodagi falastinlik tinch aholi orasida halokatli qurbonlar soniga qo‘shildi», — deyiladi seshanba kuni e’lon qilingan bayonotda.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilga xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilish majburiyatlarini eslatdi va «zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilish» talabini takrorladi.

Oxirgi uch kun ichida Isroil qo‘shinlari G‘azoda tinch aholi istiqomat qiladigan maktab va boshqa markazlarga hujum qilib, 100 ga yaqin odamni o‘ldirgan, yuzlab odamlarni yaralagan.

Isroil Xalqaro sudda genosidda ayblanmoqda, uning so‘nggi qaroriga ko‘ra, operasiya boshida milliondan ortiq qochqinlar boshpana topgan Rafah shahridagi harbiy operasiyani zudlik bilan to‘xtatish buyurilgan.

Kiritildi: 20:31 17.07.2024. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!