Fransiya o‘zining butun tarixida hech qachon bunday katta davlat qarziga ega bo‘lmagan.
Bu haqda respublika bosh vaziri Fransua Bayru ma’lum qildi.
"Fransiya o‘z tarixida hech qachon bunchalik katta qarzga ega bo‘lmagan. Qarz Fransiya ustidan Damokl qilichi kabi osilib turibdi", - deydi u.
Bosh vazirning ta’kidlashicha, Fransiyaning har bir zamonaviy prezidenti davrida qarz doimiy ravishda oshib bormoqda.
Avvalroq Fransiyaning davlat qarzi 3,3 trillion yevroga yetgani ma’lum bo‘lib, bu yalpi ichki mahsulotning 113,7 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari, 2003 yilda respublika qarzining hajmi taxminan 1 trillion yevroni tashkil qildi.
Bayru moliyaning yetishmasligi hayotning barcha sohalariga, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va Fransiyaning chet el hududlariga yordam berishga ta’sir qilishini tan oldi.