Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

France Télévisions xodimlari bomba tahdidi tufayli evakuasiya qilindi

France Télévisions xodimlari bomba tahdidi tufayli evakuasiya qilindi

Fransiyaning France Télévisions davlat teleradiokompaniyasi xodimlari binoda bomba borligi haqidagi xabarlar tufayli evakuasiya qilindi.

Bu haqda France Info telekanali xabar bermoqda.

Kompaniya kanallari va stansiyalaridan eshittirishlar uzilib qoldi. Voqea 17:30da sodir bo‘lgan. France Info telekanalida sirena eshitildi. "Biz eshittirishlarni to‘xtatishga majburmiz", dedi kechki yangiliklar boshlovchisi.

Voqea joyiga polisiya otryadi va kinologiya bo‘linmalari jo‘natildi.

Shunga o‘xshash voqea bir necha kun oldin BFMTV telekanalida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda binoda hech qanday portlovchi moslama topilmagan.

Kiritildi: 09:20 30.11.2025. O'qildi: 856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!