Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

FQB Trampning 80 yoshlik yubileyida o‘tkazilgan UFC turniri vaqtida Oq uyga uyushtirilishi rejalashtirilgan hujumning oldini oldi

FQB Trampning 80 yoshlik yubileyida o‘tkazilgan UFC turniri vaqtida Oq uyga uyushtirilishi rejalashtirilgan hujumning oldini oldi

FQB direktori Kesh Patelning so‘zlariga ko‘ra, idoraga “UFC Freedom 250” turniriga bo‘lishi mumkin bo‘lgan potensial tahdid haqida hali 10 iyun kuniyoq ma’lum bo‘lgan. Tadbirning o‘zi esa to‘rt kundan keyin, Donald Trampning tug‘ilgan kunida, Oq uy maysazorida bo‘lib o‘tgan. Turnirda prezident va mamlakatning boshqa rasmiy shaxslari ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, mazkur tahdidning oldini olish bo‘yicha bir nechta shtatlarda o‘tkazilgan amaliyot davomida bir necha kishi qo‘lga olingan.

Fox News manbalariga ko‘ra, gumondorlar odamlarni evakuasiya qilishga undash orqali vahima uyg‘otish va ularga qarata o‘t ochish maqsadida Oq uyga qo‘shni bo‘lgan binolarga dronlar orqali zarba berishni rejalashtirishgan. Keyinchalik gumondorlar Oq uyga hujum qilmoqchi bo‘lishgan. Hujumdan ko‘zlangan maqsad “kapitalistik elitani yo‘q qilish” bo‘lgan.

Kiritildi: 13:41 17.06.2026. O'qildi: 1160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!