Maxfiy xizmat va Ichki xavfsizlik vazirligi FQB sobiq direktoriga nisbatan tekshiruv boshladi.
Bunga ijtimoiy tarmoqdagi posti sabab bo‘ldi. Avvalroq Jeyms Komi 86 va 47 raqamlari shaklida joylashtirilgan chig‘anoqlar suratini internetga joylagan edi.
Birinchisi to‘da tilida “o‘ldirish” ma’nosini bildiradi. Tramp esa AQShning 47-prezidenti hisoblanadi.
FQBning hozirgi direktori Cash Patel uning byurosi Maxfiy xizmat bilan aloqada ekanligini va “barcha zarur yordamni taqdim etishini” aytdi.