Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev shartli ravishda ozod etildi

Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev shartli ravishda ozod etildi

Shubhali diniy mazmundagi materiallar saqlagani va u boshqa shaxslarga tarqatganlikda ayblanib, 7 yilu 6 muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ozodlikka chiqadi. Bu haqda “Ezgulik” – inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

“Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev shartli ravishda muddatidan avval qamoqdan ozod qilindi. Hozir Navoiy-Toshkent yo‘lida uyiga qaytmoqda. Xayli bo‘lsin!” deb yozgan Tashanov.

Uning QALAMPIR.UZ jurnalisti bilan suhbatda ma’lum qilishicha, Orifxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoni asosida ozod qilingan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev 2021 yilning 26 iyun kuni Olmazor tumanida joylashgan “To‘xtaboy” jome masjidida janjal ko‘tarib, jamoat tartibini va fuqarolar tinchligini buzganidan so‘ng qamoqqa olingandi.

Kiritildi: 20:37 06.12.2023. O'qildi: 1964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!