Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni “Zaslavl” davlat rezidensiyasida bo‘ldi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati xabar tarqatdi, deb yozmoqda "uznews".
Ikki davlat rahbari avval rezidensiya hududida sayr qilishgan, keyin esa o‘zaro sovg‘a almashishgan. Lukashenko Mirziyoyevga “Belarus” pannosi va milliy kashtado‘zlik namunasini hadya qilgan. Kenja o‘g‘li Nikolay esa O‘zbekiston Prezidentiga zubr haykalchasini sovg‘a qilgan.

Shavkat Mirziyoyev esa xokkeychi haykalini, ya’ni Lukashenkoning xokkeychi qiyofasidagi haykalini sovg‘a qildi.
Ta’kidlash kerakki, prezidentlar norasmiy muloqot qilishgan. Uchrashuv o‘zbek naqshinkor ustalari tomonidan o‘yib ishlangan shiyponchada o‘tkazilgan.