Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Sariosiyo tumanidagi To‘polang suv omborida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
To‘polang gidrouzelini qurish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi hammamizga ma’lum. Shu bois mazkur qurilish ob’ektida doimiy monitoring ishlari olib borilib, qurilish ishlari doimiy nazoratda bo‘lganligini guvohi bo‘ldik. Eng qiziqarli manba Sharof Rashidovning yoshlarga qoldirgan tarixiy xati to‘g‘risidagi tarixiy yodgorlikka ko‘zimiz tushdi.
Bu xat Sharof Rashidovning To‘polang gidrouzelini qurish vaqtidagi tashrifi davomida qoldirilgan. Xat alohida maxsus idishga solingan va o‘sha vaqtning o‘zida mustahkam yodgorlik ichiga solingan. Sharof Rashidovning mazkur yoshlarga vasiyat xati O‘zbekgidroenergo AJga qarashli Toʻpalang HPD platinium MCHJ hududida joylashgan. Tarixiy yodgorlik ustiga Sharof Rashidovning yoshlarga qoldirgan xati to‘g‘risidagi va bu xat 2180 yil ochilishi lozimligi yozilgan.
Xs.uz