Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Foto: Katta siyosatga qaytgan Zoir Mirzayevni Senatda qanday kutib olishdi?

Foto: Katta siyosatga qaytgan Zoir Mirzayevni Senatda qanday kutib olishdi?

Toshkentda 30 noyabr kuni O‘zbekiston Senatining 24-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 17 ta masala, xususan, 2020 yilgi Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun muhokama qilindi. Senat majlisida 26 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Zoir Mirzayev ham qatnashdi.

Qayd etish joiz, bu Mirzayevning 2018 yil kuzida bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, «jazo tariqasida» Jizzaxdagi Sharof Rashidov tumaniga hokim qilib «tushirib yuborilgani»dan keyin ilk bor Senat yalpi majlisida qatnashishi. O‘shanda Mirzayevning «katta siyosat»dan ma’lum muddat chetlatilishiga Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida olti kishini muzdek suv to‘la ariqqa tushirib qo‘ygani sabab bo‘lgandi.

30 noyabrdagi eski qadrdonlar va hokimlik rutbasidagi yangi hamkasblar bilan uchrashuv ko‘ngilli o‘tdi. Har holda, suratlarga muhrlangan tabassumlar shundan darak bermoqda. Zoir Mirzayev yalpi majlis davomida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatov bilan yonma-yon o‘tirdi — hozircha O‘zbekistonda faqat ular o‘zlari rahbarlik qilayotgan viloyatlarning muvaqqat hokimlari sanaladi.

Zoir Mirzayev Senat yo‘lagidan xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bilan suhbatlashmoqda.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Ro‘yxatdan o‘tish uchun Senat xolliga kirib kelmoqda.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov bilan ko‘rishmoqda
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov bilan muloqot.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Yalpi majlis boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolgan.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov bilan.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bilan.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov bilan.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori Dilorom Toshmuhammedova bilan.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Sayyora Baratova bilan.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatov bilan. Pastki qatorda bosh vazir o‘rinbosari Elyor G‘aniyev va senator Farrux Dadaxo‘jayev.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Senat 24-yalpi majlisi tanaffusidagi muhokamalar.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Islom Jasimov bilan.
Foto: Madina Nurman / «Daryo»

Kiritildi: 10:52 02.12.2019. O'qildi: 5265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!