Aktrisa Farangiz Rejametova hayot bo‘lganida 7 aprel kuni 27 yoshga kirgan bo‘lardi. Marhumaning onasi, aktrisa Fotima Rejametova ushbu sana munosabati bilan Farangizga atab rus tilida qo‘shiq kuyladi.
«7 aprel, qadrli qizim, bugun sening tug‘ilgan kuning. 27 yoshga kirding. Aynan shunday ajoyib bahor kunida sen tug‘ilib, meni cheksiz baxtli qilgansan. Bu baxtni sen sovg‘a qilgansan. Sening noodatiy latofatli bo‘lishingni bilardim. Jonim qizim, adashgan ekanman. Sen samimiy, ochiqko‘ngil, istarali, ta’sirchan va soda qiz bo‘lding. Sen — mukammallikning o‘zginasisan. Bunday sovg‘a uchun Yaratganga behisob shukur. Sen uzoqlardasan. Deraza oldida turib, senga ushbu qo‘shiqni kuylayapman. Bu mening senga sovg‘am. Bu men senga qila olishim mumkin bo‘lgan eng kichkina narsa. Farishtam mening, seni judayam yaxshi ko‘raman, meni o‘z onang sifatida tanlaganing uchun minnatdorman. Sen mudom qalbimdasan», — deb yozadi aktrisa.