Tahlilchi Ali Vaezga ko‘ra, Vashington va Tehron mojaroni yillar davomida davom ettirishi mumkin. Tomonlar uchun yon berish hozirgi yo‘qotishlarni qabul qilishdan ham xavfliroq ko‘rinayotgani sababli, har ikki taraf mojaroni to‘xtatishga shoshilmayapti.
AQSh asosiy maqsadlariga to‘liq erisha olmagan bo‘lsa-da, Eronga zarba berish va uning iqtisodiy imkoniyatlarini zaiflashtirish salohiyatini saqlab qolmoqda. Eron esa AQSh bazalari va Vashington ittifoqchilariga tahdid qilish, shuningdek, Hurmuz bo‘g‘ozidagi kemalar harakatiga bosim o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Muallif fikricha, muzokaralar vaqtinchalik tanaffuslarga olib kelishi mumkin, ammo tomonlar o‘rtasidagi chuqur ishonchsizlik barqaror tinchlik kelishuviga erishishni qiyinlashtirmoqda.