Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

«Ford Mustang»ni bir daqiqada yutib yuborgan lava

A A A
«Ford Mustang»ni bir daqiqada yutib yuborgan lava

Gavayi orolidagi Kilauea vulqonidan sizib chiqqan lava yaqinroqda turgan «Ford Mustang»ni bir daqiqada yutib yuborgan.

«Global News» teletarmog‘i Kilauea vulqonidan chiqqan lavaning yo‘llar, bino hamda avtomobillarni o‘z domiga tortayotgani aks etgan syujetni e’lon qildi. Lava bor-yo‘g‘i bir daqiqada «Ford Mustang»ning chippagini chiqargan.

Kilauea Yer yuzidagi eng faol vulqonlardan biri sanaladi. Uyg‘onish o‘tgan hafta oxirida sodir bo‘lib, joylarda bir nechta zilzilalarga sabab bo‘lgan.

Lava bir yarim ming nafar aholi yashaydigan Leilani-Esteyts aholi punktiga juda tezlik bilan yetib keldi. Uyg‘onish chog‘ida lava favvorasi 70 metrga qadar ko‘tarilgani aytilmoqda.

Manba: topnews.ru

Kiritildi: 08:59 11.05.2018. O'qildi: 1267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik