Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ford Germaniyada uch mingga yaqin ish joyini qisqartiradi

Ford Germaniyada uch mingga yaqin ish joyini qisqartiradi

Amerikaning Ford avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2027 yil oxirigacha Germaniyada 2900 ta ish joyini qisqartirish rejasini e’lon qildi. Asosiy zarba Kyoln zavodida bo‘ladi, u erda ish o‘rinlarining chorak qismi yo‘q qilinadi.

Qaror kompaniyaning yengil avtomobillar segmentidagi katta yo‘qotishlari, elektromobillar ishlab chiqarishdagi qimmat qayta qurish va qat’iy ekologik standartlar bilan bog‘liq. Vaziyat davlat subsidiyalari tugaganidan keyin elektromobillarga talabning keskin kamayishi bilan yanada og‘irlashmoqda.

«Biz Ford'ning Yevropadagi raqobatbardoshligini ta’minlash uchun qiyin, ammo qat’iy choralar ko‘rishga majburmiz», dedi Ford ijrochi direktori Markus Vassenberg.


Ford elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Kyolndagi zavodni modernizasiya qilishga ikki milliard yevroga yaqin sarmoya kiritgan, biroq kompaniyaning kutganlari oqlanmadi – yangi modellar sotuvi rejalashtirilganidan pastligicha qolmoqda.

Moliyaviy qiyinchiliklar sharoitida kompaniya menejerlarning ketishiga ham duch keldi: masalan, bu yozda Ford'ning Germaniyadagi rahbari Martin Sander Volkswagen'ga ko‘chib o‘tdi.

Avvalroq Volkswagen avtomobil konserni Germaniyadagi 10 ta zavoddan uchtasini yopishni, shuningdek, qolganlarining ishini sezilarli darajada qisqartirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Bundan tashqari, kompaniya boshqaruv rejalarida ish haqini qisqartirish va butun bo‘limlarni chet elga autsorsingga o‘tkazish kiradi.

Kiritildi: 23:31 21.11.2024. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!