Hukumat qaroriga ko‘ra, 2025 yil 1 maydan boshlab davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi.
Konsert-tomosha tadbirlari reklamalarida tegishlicha "Jonli ijro", "Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz" yoki "Fonogrammali konsert dasturi" deb aniq ko‘rsatilishi lozim.
Madaniyat vazirligi tomonidan ijodkorlarni "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti", "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" va "O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi" davlat mukofotlariga tavsiya etishda, birinchi navbatda, ularning jonli ijro eta olish qobiliyati inobatga olinadi.