Florida shtatidagi federal sudya AQSh prezidenti Donald Trampning soliq deklarasiyalarini ommaviy axborot vositalariga oshkor qilgani uchun kamida 10 milliard dollar kompensasiya talab qilib, Ichki daromad xizmatiga (IRS) qarshi da’vo arizasi bo‘yicha ishni qayta ko‘rib chiqdi.
Bu haqda Florida janubiy okrugining elektron ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan hujjatlarda aytilgan.
Shu oy boshida Tramp da’vo arizasini qaytarib olganidan so‘ng, ish bekor qilindi. Biroq, sud yozuvlariga ko‘ra, keyinchalik Adliya vazirligi Tramp va uning oilasiga ayrim soliq jarayonlaridan immunitet berish to‘g‘risida ko‘rsatma chiqardi.
Keyinchalik, 35 nafar sobiq federal sudya kelishuv shartlarini yashirish ehtimoli borligini aytib, ishni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilishdi.
Sudya Ketlin Uilyams da’vogar tomoniga 12 iyunga qadar da’vo arizasini qaytarib olish bo‘yicha tushuntirish va sud jarayonini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bayonotni taqdim etishni buyurdi.