Yaqinda ispan matbuotida Xans-Diter Flik mavsum yakunlangach, "Barselona" bosh murabbiyligidan ketmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Bu ma’lumotni jurnalist Florian Plettenberg rad etmoqda.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis "ko‘k-anorranglilar" safidagi faoliyatidan mamnun va klubni tark etishni rejalashtirmayapti.
Flik 2024 yilning may oyidan buyon "Barselona"ni boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u kataloniyaliklarga La Liga va Ispaniya Kubogida g‘alaba qozonishga yordam berdi. Joriy mavsumda Flik jamoasi 11 turda 25 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va hozirda "Real"dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Bugun, 5 noyabr kuni "Barselona" Chempionlar ligasi umumiy bosqich 4-turi doirasida "Bryugge" mehmoni bo‘ladi.