Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Flik UYEFA tomonidan jarimaga tortildi va qo‘shimchasiga diskvalifikasiya qilindi

Flik UYEFA tomonidan jarimaga tortildi va qo‘shimchasiga diskvalifikasiya qilindi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik UEFA tomonidan jazolandi. Nemis xulq-atvor qoidalarining ikkita bandini buzganlikda aybdor deb topildi. Qoidabuzarliklarga Chempionlar ligasining "Inter"ga qarshi javob yarim finalida yo‘l qo‘yilgan, o‘shanda "Barselona" qo‘shimcha bo‘limda 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan va keyingi bosqichga chiqa olmagan.

Flik bir o‘yinga diskvalifikasiya qilindi va 20 ming yevro jarimaga tortildi. Xuddi shunday jazoni "Barselona" bosh murabbiyi yordamchisi Markus Zorg ham olgan.

Shu tariqa, Xans-Diter Flik Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi umumiy bosqichining 1-tur uchrashuvida texnik zonada bo‘la olmaydi.

Kiritildi: 23:28 08.08.2025. O'qildi: 1107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!