"Barselona" 1 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan YECHL 2-turi doirasidagi "PSJ"ga qarshi o‘yin oldidan ikkita jiddiy yo‘qotishga uchradi.
Jerar Romero xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" hujumchisi Rafinya kechagi "Ovyedo"ga qarshi o‘yinda (3:1) olgan jarohati sabab 3 haftaga safdan chiqqan. Shuningdek, jamoaning asosiy darvozaboni Joan Garsiya bugungi mashg‘ulotlarda shikastlangan. U ham taxminan oktyabr oyi o‘rtalariga qadar o‘ynamaydi.
Kataloniyaliklar 28 sentyabr kuni "Real Sosyedad"ni, 1 oktyabr kuni "PSJ"ni qabul qilsa, 4 oktyabrda "Sevilya" mehmoni bo‘ladi.