Xansi Flik qo‘l ostidagi "Barselona" La Ligada Xavi davridagidan ko‘ra yomonroq o‘yin ko‘rsatmoqda.
Bugun kataloniyaliklar 20-turda "Xetafe" bilan durang o‘ynadi (1:1). Ayni damda "blaugrana" hisobida 39 ochko bor.
Bir yil oldin, Xavi boshchiligidagi "Barselona" 20 o‘yindan keyin 44 ochko to‘plagan bo‘lsa-da, uchinchi o‘rinni ham egallab turgandi.