Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Flik: "Barselona" meni butunlay o‘zgartirdi"

Flik: "Barselona" meni butunlay o‘zgartirdi"

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘z faoliyati haqida fikr bildirdi

Germaniyalik mutaxassis "ko‘k-anorranglilar" boshqaruvida ikkinchi mavsumni o‘tkazmoqda. O‘tgan mavsumda kataloniyaliklar ichki musobaqalardagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgandi.

"Barselona" meni butunlay o‘zgartirib yubordi. Men bu klubni va u bilan bog‘liq odamlarni yaxshi ko‘raman. Bizning vazifamiz - futbolchilar rivojlanishi uchun to‘g‘ri muhit yaratish. Men aynan shunga e’tibor qarataman. Jamoa muxlislarga stadionga qayta-qayta kelish, har bir o‘yinni intiqlik bilan kutish imkonini beradi," - deya Flikning so‘zlarini keltiradi Managing Barca.

Ayni damda "Barselona" La Liga turnir jadvalida "Real"ni 4 ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!