Fitch xalqaro reyting agentligi Rossiyaning suveren reytingi haqidagi ma’lumotlarni bundan buyon e’lon qilmasligini ma’lum qildi.
Tashkilotning matbuot bayonotiga ko‘ra, bunday qarorga Ukrainadagi urush tufayli Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar sabab bo‘lgan.
15 mart kuni Yevropa Ittifoqi sanksiyalarning to‘rtinchi paketini tasdiqladi, bu boshqa tuzilmalar qatori Yevropa kredit reyting agentliklari tomonidan har qanday rus mijozlari uchun xizmatlar ko‘rsatishni taqiqlashni nazarda tutadi.