Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi

Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi

Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi

“Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-39-son, 26.02.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarima quyidagicha miqdorida o‘rnatildi:

🔹huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda – realizasiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi;

🔹huquqbuzarlik moliyaviy jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda – realizasiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi.

⚠️ Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan moliyaviy jarimalar bo‘yicha mavjud qarzdorlikning 98 foizi hisobdan chiqariladi va hisobdan chiqarilgan qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

🚫 Soliq kodeksiga mazkur Farmondan kelib chiqib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar va ma’muriy jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Kiritildi: 15:48 27.02.2024. O'qildi: 1151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!