Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblangan fuqaro Turkiya hududida qo‘lga olindi.

1980 yilda tug‘ilgan mazkur shaxs o‘n nafardan ortiq fuqaroga yuk tashuvchi transport vositasini olib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan jami 3 mlrd 607 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan.

2023 yildan buyon Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan fuqaroning Turkiya Respublikasi Istanbul shahrida yashirinib yurgani aniqlanib, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qo‘lga olindi va O‘zbekistonga qaytarildi.

Kiritildi: Bugun 13:32. O'qildi: 230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!