Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Firibgar onlayn kazinolar tashkilotchisi Dubayda qo‘lga olindi

Firibgar onlayn kazinolar tashkilotchisi Dubayda qo‘lga olindi

Birlashgan Arab Amirliklari huquq-tartibot idoralari Dubayda firibgar onlayn qimor platformalarini tashkil qilishda ayblangan jinoyatchini qo‘lga oldi va Xitoy rasmiylariga topshirdi.

Bu haqda arab davlati ichki ishlar vazirligi "X" ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"BAA Ichki ishlar vazirligi Interpol "qizil xabarnomasi" asosida Dubay polisiyasi tomonidan qo‘lga olingan qidiruvdagi shaxsni Xitoy Xalq Respublikasi rasmiylariga topshirdi", — deyiladi nashrda.

Amirlik Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy rasmiylari uni millionlab dollarlik firibgar qimor o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhga rahbarlik qilganlikda ayblamoqda. Pekin BAAga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 10:30 15.08.2025. O'qildi: 739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!