Ish tashlashlar sababli Finlyandiya aviakompaniyasining 9 va 13 dekabr kunlariga belgilangan reyslari bekor qilinadi.
Finnair ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchilar ish tashlashidan 33 mingga yaqin yo‘lovchi zarar ko‘radi. Zarar ko‘rgan yo‘nalishlar qatoriga Xelsinkidan Myunxen, Gamburg, Frankfurt, Berlin, Vena, Syurix va Jenevaga reyslar kiradi.
Aviakompaniya o‘z bayonotida, bekor qilingan reyslardagi yo‘lovchilarga muqobil yo‘l taklif qilinishini bildirdi. Ammo jabrlangan yo‘lovchilarning ko‘pligi tufayli har doim ham ularning sayohat rejasiga yaqin variant bo‘lmaydi. Bunday holda, yo‘lovchilar chipta pulini qaytarishni talab qilishlari mumkin.