Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Finlyandiya Isroildan 84,5 million yevrolik tankka qarshi raketalar sotib oladi

Finlyandiya Isroildan 84,5 million yevrolik tankka qarshi raketalar sotib oladi


Finlyandiya Germaniyaning Dynamit Nobel Defence kompaniyasi bilan 84,5 million yevro qiymatida shartnoma tuzdi. Kompaniya Isroilning Rafael Advanced Defense Systems mudofaa konserniga kiradi.

Shartnoma doirasida Finlyandiya armiyasi bronetexnikani nishonga olish uchun mo‘ljallangan RGW110 tankka qarshi tizimlarini oladi.
Yangi qurollar Finlyandiya armiyasida 1980-yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan Fransiyaning APILAS tankka qarshi majmualarini almashtiradi.
Qurol-yarog‘ va o‘quv jihozlarini yetkazib berish, shuningdek, harbiy xizmatchilarni tayyorlash ishlari 2027 yildan boshlanadi.

RGW110 — Isroil armiyasida «Matador» nomi bilan ma’lum bo‘lgan RGW90 tizimining takomillashtirilgan versiyasi. Nomidagi «110» raqami o‘q-dorining 110 millimetrlik kalibrini anglatadi.



Bu xarid Rossiya bilan chegaradosh davlatlarning mudofaa salohiyatini kuchaytirish jarayoni davom etayotganini ham ko‘rsatadi.

Kiritildi: Bugun 19:16. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik