Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Finlyandiya aholisining yarmi mamlakatda yadroviy qurol joylashtirilishiga qarshi

Finlyandiya aholisining yarmi mamlakatda yadroviy qurol joylashtirilishiga qarshi

Finlyandiyada so‘rovda qatnashgan aholining qariyb yarmi (49%) mamlakatda yadroviy qurol joylashtirilishiga qarshi chiqmoqda. Bunday ma’lumotlarni "Helsingin Sanomat" nashri "Verian" kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnomaga tayanib keltirmoqda.

"Finlarning deyarli yarmi Finlyandiya hududida yadroviy qurol bo‘lishiga qarshi chiqmoqda", — deyiladi nashrda.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning 49 foizi bunday qarorga qarshi ekanligini bildirgan. Ishtirokchilarning 31 foizi buni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, yana 20 foizi javob berishga qiynalgan.

Iqtidordagi "Milliy koalisiya" partiyasi saylovchilari orasida bu g‘oyani 62 foiz kishi ma’qullaydi. Shu bilan birga, muxolifatdagi sosial-demokratlar tarafdorlarining 61 foizi yadroviy qurol joylashtirilishini qo‘llab-quvvatlamaydi.

So‘rovnoma 6-9 mart kunlari 18 yoshdan oshgan 1134 kishi o‘rtasida o‘tkazildi. Xatolik darajasi 2,9 foiz punktini tashkil etdi.

Kiritildi: Bugun 20:11. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!