Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Filippindagi yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohat oldi

Filippindagi yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohat oldi

Filippin poytaxtida payshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohat oldi. Bu haqda juma kuni polisiya xabar berdi.

Polisiya zobiti Napoleon Kabigonning jurnalistlarga aytishicha, YTHda yuk mashinasi, avtobus, beshta yengil avtomobil va 16 motosikl ishtirok etgan. Hodisa oqibatida uch erkak va bir ayol halok bo‘lgan. Hodisa yuz bergan hududda bir necha soat davomida katta tirbandlik yuzaga keldi.

Tekshiruv davomida yuk mashinasining tormozi ishlamay qolgani, natijada haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani aniqlangan.

Manila polisiyasi boshqarmasi xabar berishicha, faqat payshanba kuni ertalab soat 6 dan 14 gacha shaharda 32 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan.

Kiritildi: 11:54 06.12.2024. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!