Filippin hukumati mamlakatni qamrab olgan "Kalmaegi" to‘foni qurbonlarini qutqarish uchun 1300 dan ortiq harbiy xizmatchini safarbar etdi.
Bu haqda orol davlati qurolli kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.
"Harbiylar suv bosgan qishloqlardan aholini evakuasiya qilish uchun mahalliy xizmatlar bilan birlashdi. G‘arbiy Visaya, Markaziy Visaya, Sharqiy Visaya va Shimoliy Mindanaoda jami 1312 nafar harbiy xizmatchi qolmoqda.
Shuningdek, harbiylar 48 kishini qutqarib qolgan va favqulodda xizmatlarga 130 mingga yaqin aholini evakuasiya qilishda yordam bergani xabar qilingan. 5400 dan ortiq faol xizmatchilar va zahiradagilar kerak bo‘lganda qutqaruv operasiyalariga qo‘shilish uchun tayyor holatda. Operasiyalarda shaxsiy tarkibdan tashqari, armiya 34 ta harbiy yuk mashinasini joylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, tabiiy ofat oqibatida kamida 93 kishi halok bo‘lgan, Filippinning markaziy qismida bir necha yuz ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. France-Presse xabariga ko‘ra, to‘fon Sebu orolidagi shaharlarni qamrab olgan, kuchli yomg‘irdan keyin ko‘chalarni suv bosgan. 53 ta mahallada favqulodda holat e’lon qilindi.