Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Filippindagi “Kalmayegi” to‘foni qurbonlari soni 140 nafardan oshdi

Filippindagi “Kalmayegi” to‘foni qurbonlari soni 140 nafardan oshdi

Filippinning markaziy va janubiy hududlarida “Kalmayegi” to‘foni sabab kamida 140 kishi halok bo‘ldi. Yana 127 kishi bedarak yo‘qolgani haqida AFP mahalliy hokimiyatlarga tayanib xabar berdi.

Filippinning Fuqarolik mudofaasi milliy agentligi 114 qurbonni tasdiqlagan, ammo bu raqam Sebu provinsiyasi ma’murlari bildirgan yana 28 nafar halok bo‘lgan fuqarolarni o‘z ichiga olmaydi. Ilgari xabar qilinishicha, to‘fondan eng ko‘p zarar ko‘rgan Sebu provinsiyasida 93 kishi halok bo‘lgan, 26 kishi bedarak yo‘qolgan.

Filippin prezidenti kichik Ferdinand Markos mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgani haqida Associated Press xabar berdi.

“Kalmayegi” mintaqaga kuchli yomg‘irlar va bo‘ronli shamollarni olib kelgan. Hukumat qirg‘oqbo‘yi hududlaridan 400 mingga yaqin aholini evakuasiya qildi. Dengiz to‘lqinlarining balandligi 4 metrga yetgan. Hozirda to‘fon Vyetnam tomon harakatlanmoqda.

Filippinda har yili o‘rtacha 20 ga yaqin turli kuchli to‘fonlar sodir bo‘ladi. Bu raqam 2025 yilda ortgan bo‘lib, yil oxirigacha yana 3–5 ta to‘fon bo‘lishi bashorat qilinmoqda.

Kiritildi: 12:53 06.11.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!