Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Filippinda yuz bergan YTHda 4 nafar bola halok bo‘ldi

Filippinda yuz bergan YTHda 4 nafar bola halok bo‘ldi

Filippindagi Subik-Klark-Tarlak avtomagistralida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 10 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Tarlak provinsiyasi polisiya boshqarmasi boshlig‘i Romel Santos ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, avtobus pulli magistral uchun haydovchisi to‘lovni amalga oshirayotgan furgon bilan to‘qnashgan. Furgan esa o‘zidan oldinda to‘lov uchun navbat kutib turgan avtomobilga urilgan. Shunday qilib, yana bir nechta avtomobil bir-biri bilan to‘qnashgan. Halok bo‘lganlar o‘z avtomobillarida qisilib qolgan.

Santosning aytishicha, avtomobil haydovchisi qo‘lga olingan. U polisiyaga rulda uxlab qolganini aytgan. Avtomobil yo‘lovchilari yengil jarohatlar bilan kifoyalangan.

Haydovchi avtobus tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi Solid North Transit Inc kompaniyasida ishlagan. Transport vaziri Vins Dizon kompaniyaning mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Kiritildi: 19:34 02.05.2025. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!