Filippinda "Kalmaegi" to‘foni oqibatida harbiy vertolyotning qulashi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda ABS-CBN News telekanali harbiy amaldorlarga tayanib, halokat haqida xabar bergan.
"Qidiruv-qutqaruv operasiyalari natijasida Super Huey (Bell UH-1Y Venom) vertolyoti uchuvchisi va ekipajiga tegishli ekanligi taxmin qilinayotgan oltita jasad topildi”, — dedi harbiylar.
Samolyot tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun mamlakatning to‘fondan jabr ko‘rgan hududlariga yo‘l olgan to‘rtta vertolyot guruhining bir qismi bo‘lgan. Hozirda huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda va halokat sabablarini aniqlamoqda.
To‘fon tufayli Filippinning markaziy qismida kamida 26 kishi halok bo‘lgani, yuz minglab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgani avvalroq xabar qilingan edi.