Chorshanba kunidan boshlab bir necha kun ichida Luzon oroliga ikki oylik yog‘ingarchilik sababli, Filippindagi "Trami" tropik bo‘roni qurbonlari soni 81 nafarga yetdi.
Bu haqda GMA News kanali ma’lum qildi.
Tabiiy ofat oqibatlari tufayli 34 kishi bedarak yo‘qolgan, 66 kishi tan jarohati olgan. Suv toshqinlari tufayli viloyatning bir necha o‘n minglab aholisi evakuasiya qilindi.
Filippin Milliy meteorologiya byurosi "Trami" bo‘roni shamol tezligi 23,6 m/s ga yetganini qayd etdi.