Filippinning janubiy qismida sodir bo‘lgan kuchli zilzila natijasida kamida 19 kishi halok bo‘ldi, 134 kishi jarohat oldi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, jabrlanganlar soni 200 nafardan oshgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida yetti kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Zilzilaning magnitudasi 7,8 ballni tashkil etdi.
Zilzila episentriga yaqin joylashgan General Santos shahrida yigirmadan ortiq bino vayron bo‘lgan. Ular orasida asosan tijorat ob’ektlari mavjud.
Filippin Fuqaro aviasiyasi boshqarmasi Mindanao orolidagi General Santos xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Sarangani va Sulton Kudarot viloyatlaridagi qariyb 10 ming oila xavfsiz hududlarga evakuasiya qilindi.
Qutqaruv xizmatlari vayronalar ostida qolganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
TASS agentligining Filippindagi Rossiya elchixonasiga tayanib xabar berishicha, zilzila oqibatida jabrlangan Rossiya fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmagan.