Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)ning hakamlar ro‘yxatidagi tojikistonlik hakamlar soni uch kishiga ko‘paydi, deb xabar berdi Tojikiston futbol federasiyasi matbuot xizmati 3-yanvar kuni.
Qayd etilishicha, tojik arbitrlari soni o‘tgan yilga nisbatan 14 kishidan 17 kishiga ko‘paygan. Bu haqda Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) matbuot xizmati e’lon qilgan yangi hakamlar ro‘yxatida ma’lum bo‘ldi.
Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistondan xalqaro toifadagi hakamlar ro‘yxatiga 6 nafar FIFA referisi, 8 nafar FIFA referi yordamchisi va 2 nafar FIFA futzal hakami kiritilgan.