Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

FIFA Rossiyaga qo‘yilgan cheklovlarni qachon bekor qilishi mumkinligi aytildi

FIFA Rossiyaga qo‘yilgan cheklovlarni qachon bekor qilishi mumkinligi aytildi

FIFA 2026 yilning aprel oyidayoq Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni olib tashlashi mumkin. Aynan shu oyda federasiya kongressining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Shaxsiy suhbatlarda rasmiylar FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiyaga qarshi cheklovlar bekor qilinishini yoki qayta ko‘rib chiqilishini kutayotganini aytishmoqda.

"Sport24.ru" nashrining xabar berishicha, UYEFA Rossiya masalasida ancha qat’iy pozisiyani egallab turibdi.

Avvalroq Infantino sanksiyalar vaziyatni yaxshilamagan, aksincha, uni yanada og‘irlashtirgan, shu sababli ularni imkon qadar tezroq bekor qilish kerakligi haqida fikr bildirgan edi.

Shundan so‘ng, UFA prezidenti Andrey Shevchenko FIFA rahbari bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, unga Rossiya jamoalarining xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi qabul qilinishi mumkin emasligini eslatdi.

Kiritildi: Bugun 13:53. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!