Futbol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi FIFA talqini bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshisi bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi 74-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (97-o‘rin), Qozog‘iston (104), Tojikiston (110) va Turkmaniston (138) terma jamoalari joy oldi.
Reytingda Argentina birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Fransiya va Braziliya egallagan.
Eng yomon natijalar Britaniya Virjiniya orollari (206), Anguilla (207) va San-Marinoda (208) qayd etilgan.