Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

FIFA qoidalarni o‘zgartirmoqda: Xulian Alvares kabi transferlar osonlashishi mumkin

FIFA qoidalarni o‘zgartirmoqda: Xulian Alvares kabi transferlar osonlashishi mumkin

«Atletiko» Xulian Alvaresni «Barselona»ga qo‘yib yubormadi, garchi futbolchining o‘zi transferni juda istagan bo‘lsa-da. Madrid klubining pozisiyasi qat’iy edi va u amaldagi shartnomaga tayangan.

Biroq Ispaniyaning Sport nashri xabar berishicha, FIFA yanvar oyi boshidan shartnomalarni bekor qilishni tartibga soluvchi 17-moddaga o‘zgartish kiritmoqchi. Yangi qoidalar kuchga kirgach, shartnomalar ham shunga moslashtirilishi kerak bo‘ladi.

O‘zgarishlarning asosiy maqsadi — tomonlardan biri transferni to‘sib qo‘yish uchun tovon puli miqdorini asossiz ravishda oshirib yuborishining oldini olish.

Qoidalar qator transferlar haddan tashqari yuqori tovon puli yoki futbolchining ketish istagiga qaramay, klub muzokara o‘tkazishdan bosh tortgani sabab amalga oshmay qolganidan keyin qayta ko‘rib chiqilmoqda. Xulian Alvares bilan bog‘liq vaziyat ham shunday misollardan biri sifatida keltirilmoqda.

FIFA 17-moddani shunday qayta ishlamoqchiki, unga ko‘ra tomonlar yetkazilgan zararni qoplaydigan kompensasiya miqdorini oldindan kelishib olishi kerak bo‘ladi.

Yangi qoidalarda ikki xil ssenariy nazarda tutilishi kutilmoqda: tovon puli belgilangan shartnomalar va bunday band mavjud bo‘lmagan kelishuvlar.

Birinchi holatda kompensasiya shartnomada ko‘rsatilgan summaga teng bo‘ladi. Faqat ushbu mablag‘ ochiqdan-ochiq haddan tashqari yuqori va adolatsiz deb topilsa, istisno qilinishi mumkin.

Ikkinchi holatda esa kompensasiya miqdori bir nechta mezon asosida hisoblanadi. Jumladan, shartnomaning qolgan qiymati, futbolchining maoshi, transfer tufayli yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotishlar, uning o‘rniga futbolchi topish xarajatlari va isbotlangan boshqa zararlar inobatga olinadi.

Endi FIFAdan yangi tartib bo‘yicha batafsil ma’lumotlar kutiladi.

Kiritildi: 16:16 11.09.2026. O'qildi: 867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!