Bugun 14 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

FIFA prezidenti o‘zbekistonliklarga rahmat aytdi

FIFA prezidenti o‘zbekistonliklarga rahmat aytdi

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida O‘zbekiston mezbonlik qilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatini e’tirof etdi.

“O‘tgan hafta FIFA Futzal Jahon Chempionati—2024 turniri final uchrashuvida ishtirok etdim. Braziliya terma jamoasi hayajonlarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda Argentina ustidan g‘alaba qozondi va rekord natija – 6-bor Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistondagi barcha insonlarga rahmat – turnir bizning sportimiz uchun ajoyib bayram bo‘ldi va futbolning insonlarni birlashtirishdagi muhim rolini yana bir bor ko‘rsatdi”.

Eslatib o‘tamiz, 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar futzal bo‘yicha Jahon Chempionatida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston mezbonlik qilgan musobaqa finalida Braziliya Argentina ustidan g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston esa A guruhida so‘nggi o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan edi.

Kiritildi: 21:42 13.10.2024. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!