FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida mamlakatimiz mezbonlik qilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatini yana bir bor e’tirof etdi.
"2024 yilgi futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki O‘zbekiston FIFA musobaqasiga mezbonlik qilgan birinchi Markaziy Osiyo mamlakati bo‘ldi va biz barcha ishtirokchi mamlakatlarning hayajonli o‘yinlariga guvoh bo‘ldik!
Men O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va bu go‘zal mamlakatdagi insonlarga, shuningdek, ushbu musobaqani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun harakat qilgan barchaga minnatdorlik bildiraman.
Shuningdek, Braziliya jamoasini musobaqa g‘olibligi hamda mundiallardagi oltinchi chempionlik bilan tabriklayman" - dedi FIFA prezidenti.