FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroni samimiy tabrikladi.
Infantino o‘z murojaatida shunday yozdi:
"2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz, qadrli Fabio Kannavaro! 2006 yilda Italiya terma jamoasi sardori sifatida Jahon chempioni bo‘lgan edingiz. Oradan yigirma yil o‘tib, endi bu nufuzli turnirda yangi maqomda — O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishtirok etasiz".
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006-yilgi Jahon chempionati g‘olibi, yaqin o‘tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis — Fabio Kannavaro bilan 2+3 ko‘rinishida shartnoma imzolandi. Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlab boradi.