Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) penalti tepish qoidalarini o‘zgartirishi mumkin, deb xabar beradi Report.
Jarima to‘pini amalga oshirayotgan futbolchilarga to‘p darvozadan qaytgandan keyin yoki darvozabon qaytargandan keyin uni qayta urish taqiqlanishi rejalashtirilmoqda. Biroq qoidaga kiritiladigan bu o‘zgarishlar to‘p darvoza to‘siniga tekkanidan keyinggi harakatlarga taalluqli emas.
Qayd etilishicha, ushbu qoida kuchga kirishi uchun u Xalqaro futbol assosiasiyasi kengashi (IFAB) tomonidan tasdiqlanishi va keyin amaliy sinovdan o‘tishi kerak.